Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

AQSh Venesuela bilan aviaaloqani to‘xatdi

AQSh Venesuela bilan aviaaloqani to‘xatdi

AQSh ma’muriyati Venesuelada xavfsizlikka tahdid mavjudligi sababli ushbu davlat bilan aviaaloqani vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda AQSh transport vaziri Eleyn Chao bayonotida aytilgan.

Ichki xavfsizlik vazirligi Venesuelaga keluvchi va u yerdan ketuvchi yo‘lovchilar, samolyotlar va ekipaj a’zolariga xavf borligi haqidagi xulosaga keldi, bu holat AQSh va Venesuela o‘rtasida fuqarolik aviasiyasining barcha reyslarini zudlik bilan to‘xtatishni talab qiladi , deb aytilgan Chao bayonotida.

Men davlat va xususiy samolyotlar tomonidan Venesuela aeroportlariga yoki ulardan aviatashuvlar bajarishga barcha ruxsatlarning amal qilishini to‘xtatmoqdaman , deb ta’kidlab o‘tgan Chao.

1 may kuni AQSh Federal aviasiya boshqarmasi AQSh aviakompaniyalariga Venesuela hududini 48 soat ichida tark etishni tavsiya qilgan. Bundan avvalroq boshqarma AQSh samolyotlariga Venesuela ustidan 8 kmdan pastroq balandlikda uchishni taqiqlagan.

Manba: oxo.uz

Kiritildi: 06:30 16.05.2019. O'qildi: 1472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!