AQSh prezidenti Donald Tramp 10 noyabr kuni Oq uyda suriyalik hamkasbi Ahmad al-Shara bilan uchrashadi.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt matbuot uchun brifing chog‘ida ma’lum qildi.
"Men bu uchrashuv dushanba kuni Oq uyda bo‘lib o‘tishini tasdiqlay olaman. Bu Prezidentning tinchlikka erishish uchun barcha dunyo yetakchilari bilan uchrashishga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlarining bir qismidir", dedi u.
Levitt Trampning Yaqin Sharqqa tashrifi chog‘ida mamlakatga tinchlik o‘rnatish uchun haqiqiy imkoniyat berish uchun Suriyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga qaror qilganini eslatdi.
"O‘ylaymanki, biz ularning yangi rahbarligi ostida bu sohada yaxshi yutuqlarni ko‘rmoqdamiz. U dushanba kuni Oq uyda bo‘ladi va o‘sha kuni prezidentning o‘zi bu masalada gapiradi", — deya qo‘shimcha qildi u.
Suriya yetakchisining 1 noyabr kuni Vashingtonga kutilayotgan tashrifi haqida ilk bor Bahrayndagi Manama muloqoti chog‘ida AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tom Barak ma’lum qilgan edi. Uning aytishicha, Suriya ISHIDga qarshi kurashayotgan AQSh boshchiligidagi koalisiyaga qo‘shilishni kutmoqda.