Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh va Qatar 1,2 trillion dollarlik shartnoma imzoladi

AQSh va Qatar 1,2 trillion dollarlik shartnoma imzoladi

AQSh va Qatar 1,2 trillion dollarlik shartnoma imzoladi.

Bu haqda Oq uy e’lon qilgan hujjatda aytiladi, deb xabar beradi “Report”.

"Bugun Qatarda AQSh prezidenti Donald Tramp Qatar bilan kamida 1,2 trillion dollarlik iqtisodiy bitim imzoladi. Prezident Tramp, shuningdek, AQSh va Qatar o‘rtasida 243,5 milliard dollardan ortiq iqtisodiy bitimlar, jumladan, Qatar Airways aviakompaniyasiga Boyeing samolyotlari va GE Aerospace dvigatellarini sotish bo‘yicha tarixiy kelishuv imzolanganini e’lon qildi", — deyiladi xabarda.

Shunday qilib, Qatar Airways 96 milliard dollarga 210 ta zamonaviy Boyeing 787 Dreamliner va 777X samolyotlarini sotib oladi. Shu bilan birga, shartnoma imzolangandan so‘ng Tramp kelishuv 200 milliard dollarga 160 dan ortiq samolyot sotib olishga taalluqli ekanini aytdi. Bundan tashqari, Qatar 2 milliard dollarga Amerikaning General Atomics kompaniyasidan sakkizta MQ-9B uzoq masofali uchuvchisiz uchoqlarni sotib oladi.

AQSh va Qatar ikki tomonlama harbiy aloqalarni yanada mustahkamlash va 38 milliard dollardan ortiq salohiyatli sarmoya kiritishga kelishib oldi. Qayd etilishicha, ushbu mablag‘larning bir qismi Qatarda joylashgan Amerikaning Yaqin Sharqdagi eng yirik aviabazasi Al Udeydga yo‘naltiriladi.

Kiritildi: 22:34 14.05.2025. O'qildi: 678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!