Bu haqda Europa Press agentligi ma’lumotiga tayanib Trend agentligi xabar qilmoqda.
Bayden va Sanches Madridda NATO sammiti arafasida uchrashgan. Uchrashuv yakuni bo‘yicha ikki mamlakatning qo‘shma deklarasiyasi imzolangan. Deklarasiyada aytilishicha, Ispaniya va Amerika Qo‘shma shtatlari Shimoliy Afrika mintaqasidan noqonuniy migrasiya oqimiga qarshi kurash bo‘yicha doimiy hamkorlik qilish muhim ekanini tan oladi.
Shu sababli ikki mamlakat noqonuniy migrasiyaning tub sabablariga barham berish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirib borishga kelishib oldi, deyiladi xabarda.