Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

AQSh va husiylar o‘rtasida sirli kelishuv

AQSh va husiylar o‘rtasida sirli kelishuv

Qo‘shma Shtatlar husiylarni kema qatnoviga qarshi hujumlardan tiyib turadigan har qanday kelishuvlarni tuzish uchun Isroildan ruxsat olishni talab qilmaydi. Bu haqda AQShning Isroildagi elchisi Mayk Xakabi ma’lum qildi.

Elchining ta’kidlashicha, AQSh husiylarning Isroil davlatiga qarshi hujumlariga faqat amerikaliklar jabr ko‘rgan taqdirdagina javob qaytaradi. Isroildagi amerikaliklar soni 700 mingga yaqin, deya qo‘shimcha qildi elchi.

Bir necha kun avval rasmiy Vashington AQSh husiylar bilan sulh tuzayotganini ma’lum qilgandi. Husiylar kema qatnoviga qarshi hujumlardan o‘zini tiyadi, AQSh esa Yamandagi husiylar obektlarini boshqa bombardimon qilmaydi.

Rasmiylarga ko‘ra, Isroil kelishuv haqida oldindan xabardor qilinmagan. Tramp bu haqda husiylarning raketasi Ben-Gurion aeroporti hududiga qulaganidan ikki kun o‘tib ma’lum qildi.

Kiritildi: 16:49 09.05.2025. O'qildi: 669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!