AQSh harbiylari Eron tomonidan uchirilgan deb da’vo qilayotgan raketalar va dronlarni ushlaganidan so‘ng, Keshm orolidagi yer usti boshqaruv inshootiga zarba berdi.
Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi bayonotida aytilgan.
Qo‘mondonlikning ta’kidlashicha, AQSh kuchlari 2 iyun kuni Yaqin Sharqda sodir bo‘lgan voqea paytida bir nechta ballistik raketalar va uchuvchisiz uchish apparatlarini ushlagan.
CENTCOM ma’lumotlariga ko‘ra, Eron beshta raketa otgan, ammo ularning hech biri nishonga yetmagan. AQSh harbiylari shuningdek, uchta dronni yo‘q qilganini da’vo qilishgan.
Keyinchalik AQSh Qeshm orolidagi yer usti boshqaruv inshootiga zarba berib, o‘z harakatlarini o‘zini himoya qilish deb atagan. Eron hali AQSh qo‘mondonligi bayonotiga rasman izoh bermadi.
O‘z navbatida, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQShning Qeshm orolidagi Eron harbiy inshootiga qilgan zarbalariga javoban AQSh dengiz flotining Bahrayndagi Beshinchi floti shtab-kvartirasiga, shuningdek, mintaqaviy davlatdagi Amerika aviabazasiga raketa va dron hujumlarini amalga oshirdi.
Shuningdek, korpus Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida Eron neft tankeriga qilingan zarbaga javoban AQShga qarashli kemaga hujum qilgani ta’kidlandi.
AQSh Markaziy Qo‘mondonligi (CENTCOM) Quvaytdagi AQSh kuchlariga qarshi Eron dronlarining hujumlarini muvaffaqiyatli qaytardi.
"Quvaytdagi AQSh kuchlariga hujum qilishga uringan Eron dronlarining yana bir to‘lqini mo‘ljallangan nishonlarga yeta olmadi. Markaziy Qo‘mondonlikning havo mudofaasi bir nechta dronlarni muvaffaqiyatli urib tushirdi", deyiladi qo‘mondonlikning X sahifasida.
AQSh harbiy xizmatchilaridan hech biri jarohat olmadi.