Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh va Eron muzokaralari kelgusi hafta bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

AQSh va Eron muzokaralari kelgusi hafta bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

AQSh va Eron muzokaralari kelgusi hafta bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

​Pokiston xavfsizlik xizmatidagi manbalarning Al Jazeera telekanaliga ma’lum qilishicha, AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar kelgusi juma kuniga qadar o‘tkazilishi ehtimoli yuqori. Bunga asosiy sabab sifatida Islomobod yaqinidagi Ravalpindi aviabazasiga Qo‘shma Shtatlarning ikkita "C-17 Globemaster" og‘ir transport samolyoti qo‘ngani ko‘rsatilmoqda.

​Shuningdek, Islomobodning "qizil hududi"ga olib boruvchi yo‘llar xavfsizlik choralari kuchaytirilgani sababli vaqtincha yopilgan. Shahardagi yirik "Serena" va "Marriott" mehmonxonalaridan mehmonlar chiqarib yuborilgani va jumaga qadar yangi bronlar to‘xtatilgani ham yuqori darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rilayotganidan dalolat beradi.

Kiritildi: Bugun 13:54. O'qildi: 201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!