Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

AQSh va Eron muzokaralari 11 aprelga qoldirildi

AQSh va Eron muzokaralari 11 aprelga qoldirildi

AQSh va Eron vakillari o‘rtasidagi muzokaralar Pokiston poytaxti Islomobod shahrida 11 aprel kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda Al Mayadeen telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, avval muzokaralar juma kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo keyinchalik ular shanba kuniga ko‘chirilgan.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, Eron delegasiyasi tarkibiga Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Muhammad Boqir Zolgadr, parlament spikeri Muhammad Boqir Qolibof, tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi hamda uning o‘rinbosari Majid Taxt-Ravanchi kiradi.

Mutaxassislar fikricha, ushbu uchrashuv AQSh va Eron o‘rtasidagi keskin munosabatlar fondida muhim ahamiyat kasb etib, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi taqdiriga aniqlik kiritishi mumkin.

Kiritildi: 21:53 09.04.2026. O'qildi: 428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!