Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQSh O‘zbekiston bilan terrorizmga qarshi kurashish kuchlarini joylashtirishni muhokama qilmoqchi — OAV

AQSh O‘zbekiston bilan terrorizmga qarshi kurashish kuchlarini joylashtirishni muhokama qilmoqchi — OAV

Pentagon rasmiylari shu oyda O‘zbekistonda AQShning aksilterror kuchlarini joylashtirish imkoniyatlarini muhokama qiladi, deya xabar beradi Politico nashri AQSh armiyasining rejalari bilan tanish kongressdagi manbalarga tayanib.

«Pentagon rasmiylari shu oy O‘zbekistonga amaldagi xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik ishlarini muhokama qilish uchun tashrif buyurishadi. Kun tartibidagi eng muhim masala „gorizont orti“ terrorizmga qarshi kurashish kuchlarini joylashtirish imkoniyatini muhokama qilish bo‘ladi. Bu AQSh armiyasining kuzatuvini va Afg‘onistondagi mo‘ljallarga zarba berishini yengillashtiradi», — deyiladi xabarda.

AQSh Vakillar palatasi a’zosi Avgust Plfyuger ushbu mintaqada bunday do‘stga ega bo‘lish taktik va strategik jihatdan muhimligini ta’kidlagan.

Shuningdek, Afg‘onistondan AQSh harbiylari chiqib ketgach, Amerika tashqi siyosatida O‘zbekistonning o‘rni mustahkamlashgani aytilmoqda. Bunda mamlakatning Vashingtondagi elchixonasining tizimli faoliyati e’tirof etilgan.

Kiritildi: 12:17 14.10.2021. O'qildi: 2877 marta. Fikrlar soni: 11 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!