"Eronni darhol tark eting. Bunda AQSh hukumati yordamini kutmang. Agar buning iloji bo‘lmasa, xavfsiz joy topib, oziq-ovqat, suv va dori-darmon zaxiralang”, deyiladi AQShning Erondagi "virtual elchixonasi" veb-saytida.
Ayni damda Ummon poytaxti Maskatda Tehron va Vashington orasida muzokaralar boshlangan. Unda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi va AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiv Uitkoff Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal qilishi rejalashtirilgan.