Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Usama bin Lodinning o‘g‘li qayerda ekanini aniqladi

A A A
AQSh Usama bin Lodinning o‘g‘li qayerda ekanini aniqladi

AQSh Davlat departamenti diplomatik xavfsizlik byurosi rahbari Maykl Evanoffning ma’lum qilishicha, Al-Qoida terrorchilik guruhi asoschisi Usama bin Lodinning o‘g‘li Hamza Afg‘oniston - Pokiston chegarasi yaqinida bo‘lishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Shuningdek, Davlat departamenti taxminicha, Hamza bin Lodin Eronga tashrif buyurgan bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas. Biroq, Evanoff qo‘shimcha qilishicha, bin Lodinning o‘g‘li Markaziy Osiyo janubidagi istalgan joyda bo‘lishi mumkin.

28 fevral, payshanba kuni AQSh hukumati Adolat uchun mukofot dasturi doirasida Hamza bin Lodin to‘g‘risidagi ma’lumot evaziga 1 million dollar mukofot haqida e’lon qildi.

Kun.uz

Kiritildi: 10:17 01.03.2019. O'qildi: 1999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik