Bugun 2 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

AQSh Ukrainaga yadroviy qurol yuboradimi?

AQSh Ukrainaga yadroviy qurol yuboradimi?

AQSh Ukrainaga yadroviy qurol berish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi.

Bu haqda gap bo‘lishi ham mumkin emas. Biz Ukrainaga samarali himoyalanishi va Rossiyaga qarshi kurashishi uchun turli xil oddiy qurol-yarog‘larni yubormoqdamiz, lekin yadroviy potensialni emas, ta’kidladi Sallivan.

U The New York Times maqolasiga shunday izoh berdi. Gazetaning yozishicha, bir nechta amerikalik va yevropalik amaldorlar AQSh prezidenti Jo Baydenning Ukrainaga yadro qurollarini yuborishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Gap Ukrainaga “Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin tortib olingan yadro quroli”ni qaytarish haqida ketmoqda.

Bu mavzu Ukraina uchun mumkin bo‘lgan xavfsizlik kafolatlari muhokamasida ko‘tarilgan. Manbalarga ko‘ra, bunday qurollarning berilishi “bir zumda va juda katta to‘xtatuvchi omil bo‘lardi”.

New York Times keltirgan yana bir ehtimoliy variant “halokatli zarba” uchun yetarli bo‘lgan “oddiy qurol-yarog‘lar arsenalini” yaratishdir. The Times nashri esa Ukraina yadro qurolini yaratishga qodirligini e’lon qilgan.

Bunga javoban Ukraina Tashqi ishlar vazirligi mamlakat Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga amal qilishi, yadroviy materiallardan harbiy maqsadlarda foydalanish imkoniyatini istisno etishini bildirgan.

Kiritildi: Bugun 09:55. O'qildi: 383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!