Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh Turkiyaga tahdid qildi

A A A
AQSh Turkiyaga tahdid qildi

Turkiya Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmuasini xarid qilsa, Amerika hukumati Anqaraga nisbatan sanksiyalar joriy qiladi. Bu haqda Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha AQSh davlat kotibi yordamchisi Uess Mitchellning so‘zlariga asoslanib, «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

«Biz Turkiyaga Rossiyadan S-400 majmuasini xarid qilgan taqdirda sanksiya joriy qilinishini tushuntirdik. Biz sanksiyalarni ‘Amerika dushmanlariga sanksiyalar yordamida qarshilik ko‘rsatish’ qonuniga muvofiq joriy etamiz», — deydi Mitchell.

U, shuningdek, ushbu xarid Turkiya va AQSh munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, uni qayta tiklash qiyin bo‘lishini ham ta’kidlagan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 14:13 27.06.2018. O'qildi: 1756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik