Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Trampning qarorini "bir tiyinga olmadi"

A A A
AQSh Trampning qarorini "bir tiyinga olmadi"

Amerika Qo‘shma Shtatlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning Amerika manfaatlariga ta’sir qiladigan yig‘ilishlarida qatnashish huquqini o‘zida saqlab qolmoqchi.

Tashkilotdan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilinganiga qaramay, Davlat departamenti "tashkilot ma’muriyati darajasida ham, texnik va maslahat qo‘mitalarida ham" qisman ishtirok etish imkoniyatini, agar ular ko‘tarilgan masalalar u yoki bu tarzda Qo‘shma Shtatlarga tegishli deb hisoblasalar, saqlab qolmoqchi.

O‘z navbatida, bu yil "istisno tariqasida" Amerika Qo‘shma Shtatlari grippga qarshi emlashlar bilan bog‘liq Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining dasturini moliyalashtiradi va buning uchun 40 million dollar sarflashni rejalashtirmoqda. Eslatib o‘tamiz, Tramp JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatishi haqida ma’lum qilgandi, ammo AQSh uning bu qarorini "bir tiyinga ham olmadi". Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu dastur amerikaliklarning xavfsizligi uchun muhim ekanligini ta’kidladi.

Kiritildi: 10:27 03.09.2020. O'qildi: 3508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik