Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQSh «Tolibon» bilan Afg‘onistondan askarlarni chiqarish masalasida gaplashdi

AQSh «Tolibon» bilan Afg‘onistondan askarlarni chiqarish masalasida gaplashdi

AQSh maxsus vakili va "Tolibon" harakati a’zolari bilan Qatarda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Afg‘onistondan chet el harbiy kontingentini olib chiqib ketish va mamlakatda tinchlik o‘rnatish masalalari muhokama qilindi, deb xabar qildi RIA Novosti

Sal oldinroq AQShning Afg‘onistonda milliy yarashuv jarayoni bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad Doxada "Tolibon" harakati a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazgani xabar qilingan edi.

Harakat bayonotida okkupasiya nihoyasiga yetgani va Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish masalalari muhokama qilingani aytilgan.

Ta’kidlanishicha, tomonlar kelajakda yangi uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib olgan.

Manba: sof. uz

Kiritildi: 22:00 13.10.2018. O'qildi: 1191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!