The Washington Post’ning yozishicha, mamlakat tarixidagi eng sovuq harorat hafta oxirida Nyu-Gempshir shtatida qayd etildi.
Termometrlar Vashington tog‘ining tepasida -42° S daraja sovuqni ko‘rsatgan, tog‘da shamol tezligi 160 km/soatga yetgan.
NASA’ga ko‘ra Vashington tog‘ining tepasida harorat Marsdagi o‘rtacha haroratdan biroz sovuqroq. AQShda avvalgi rekord 2004 yilda o‘rnatilib, o‘shanda havo -38,8° S sovuq bo‘lgan.