Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQSh Senati Donald Trampga impichment bermadi

AQSh Senati Donald Trampga impichment bermadi

AQSh Senati prezident Donald Trampni impichment ishida oqladi. Prezident o‘z vakolatini suiiste’mol qilish, kongress ishiga xalaqit berish da’volari bo‘yicha aybsiz deb topilgan.

Prezident o‘z vakolatini suiiste’mol qilganligi to‘g‘risidagi ayblovga 48 kishi ovoz bergan — 47 nafari Demokratlar partiyasi vakillari va respublikachi Mitt Romni. Ikkinchi punkt bo‘yicha ayblovni esa 47 nafar senator qo‘llab-quvvatlagan. Trampni hokimiyatdan chetlatish uchun esa kamida 67 ta ovoz kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, mojaro Donald Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati chog‘ida Hanter Bayden ishi bo‘yicha hamkasbiga bosim o‘tkazishi natijasida boshlangandi.

 

 

Kiritildi: 18:28 06.02.2020. O'qildi: 2116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!