Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

AQSh Rossiya bilan hamkorlik qilgani uchun Xitoy banklariga qarshi sanksiyalar kiritish ustida ishlamoqda

AQSh Rossiya bilan hamkorlik qilgani uchun Xitoy banklariga qarshi sanksiyalar kiritish ustida ishlamoqda

AQSh Rossiya bilan hamkorlik qilgani uchun Xitoy banklariga qarshi sanksiyalar kiritish ustida ishlamoqda.

Bu haqda The Wall Street Journal nashri manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Vashington shu yo‘l bilan Pekinning Rossiya harbiy sanoatini qo‘llab-quvvatlashini to‘xtatishga umid qilmoqda.

Amerika rasmiylariga ko‘ra, Pekin yordami Moskvaga o‘zining harbiy-sanoat salohiyatini tiklash imkonini berdi, chunki Xitoy Rossiya Federasiyasiga elektron sxemalar, samolyotlar qismlari, avtomobillar va stanoklar yetkazib beruvchi asosiy davlatga aylandi. Banklar Rossiyaga tijorat eksportida asosiy vositachi bo‘lib xizmat qiladi, to‘lovlarni amalga oshiradi va mijoz kompaniyalarga savdo operasiyalari uchun kredit beradi, deya tushuntiradi nashr.

Amerika rasmiylari dollarga kirishni yo‘qotish tahdidi va Yevropa bilan savdo aloqalarining yomonlashishi xavfi Pekinni "yo‘nalishni o‘zgartirishga" majbur qilishini kutmoqda. Shu bilan birga, nashr suhbatdoshlarining tushuntirishicha, agar diplomatik usullar Pekinni Rossiyaga eksportini cheklashga ishontira olmasa, banklarga qarshi sanksiyalar qo‘llash “eskalasiya varianti” bo‘ladi.

Kiritildi: 14:46 23.04.2024. O'qildi: 643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!