AQSh prezidentligiga Respublikachilardan nomzod Donald Tramp Bitcoin 2024 konferensiyasida ishtirok etdi.
Trampning konferensiyadagi nutqidan asosiy iqtiboslar:
◾️ Bitcoin insoniyatning mo‘’jizaviy yutug‘idir;
◾️ Bir kun kelib Bitcoin kapitallashuvi bo‘yicha oltindan o‘zib ketadi, Qo‘shma Shtatlar esa sayyoramizning kriptovalyuta poytaxtiga aylanishi kerak;
◾️ Men prezidentlik boshqaruvim ostida Bitcoin va kriptovalyutalar narxi avval hech qachon kuzatilmagan darajada ko‘tariladi;
◾️ Qo‘shma Shtatlar kriptovalyuta sohasida boshqaruvni Xitoy va boshqalardan oldin o‘z qo‘liga kerak. Agar biz kriptovalyutalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rmasak, buni Xitoy qiladi;
◾️ Bitcoin dollarga tahdid solmaydi, biz AQSh dollariga bog‘langan ko‘plab steyblkoinlarni chiqaramiz, milliardlab odamlar ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
◾️ AQSh prezidenti lavozimini egallaganimdan so‘ng Bitcoin va boshqa kriptovalyutalar masalalari bo‘yicha maslahat kengashini tashkil etaman.