Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Polshaga armiyani modernizasiya qilish uchun 2 mlrd dollar ajratadi

A A A
AQSh Polshaga armiyani modernizasiya qilish uchun 2 mlrd dollar ajratadi

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Polsha polyaklar armiyasini modernizasiya qilish uchun Varshavaga 2 milliard dollarlik kredit ajratish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti bayonotida aytiladi.

Bayonotda ta’kidlanishicha, AQShning «sodiq ittifoqchisi» Polsha xavfsizligi NATOning sharqiy qanotini jamoaviy mudofaa qilishda muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, Polshaning Ukrainaga xalqaro yordam ko‘rsatishdagi yetakchi roli qayd etildi.

Xabarlarga ko‘ra, Polshaning mudofaa qobiliyatiga sarmoya kiritilishi mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shadi.

Davlat departamenti bayonotida xalqaro yordam yetkazib berishda markaziy rol o‘ynaydigan Polshaning qat’iyati qayd etilgan. Uning mudofaasiga sarmoya kiritish orqali qo‘shni Ukrainadagi hamda mintaqadagi xavfsizlik holati mustahkamlanadi.

Bayonotda ta’kidlanishicha, modernizasiya dasturi doirasida Polsha o‘z qurolli kuchlari tarkibini sezilarli darajada kengaytirish va «sovet ittifoqi davrida ishlab chiqarilgan eski harbiy texnikadan xalos bo‘lishni» rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 12:17 27.09.2023. O'qildi: 2519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!