Polsha rasmiylari Kiyevga yangi qurol-yarog‘ yetkazib berishdan bosh tortgach, AQSh hukumati Varshavadan Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi pozisiyasini tushuntirishni so‘radi. Bu haqda Bloomberg agentligi Pentagondagi yuqori martabali manbaga tayanib xabar berdi.
Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, Polsha hanuz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga tayyor, biroq rasmiy Varshavaning pozisiyasi noaniq. Biroq manbaning ta’kidlashicha, Polsha va Ukraina o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ortidan “Kiyevni qo‘llab-quvvatlovchi koalisiya birligi hali darz ketmagan”.
Evropalik diplomatlardan birining Bloomberg agentligiga aytishicha, Polsha diplomatlari xorijlik hamkasblarini kichikroq bo‘lsa-da, Ukrainaga harbiy yordam davom etishiga shaxsiy ishonch bildirgan.
Manbaning fikricha, Polshaning yordamdan bosh tortishi Ukrainadagi harbiy amaliyotlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, chunki bu NATO birligiga putur yetkazadi.
Eslatib o‘tamiz, 20 sentyabr kuni Polsha bosh vaziri Mateush Moraveski Polsha Ukrainaga ortiq qurol yetkazib bermayotgani, chunki mamlakat o‘z armiyasini qurollantirayotganini aytdi.