Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt ma’lum qildi.
"Agar Nigeriya hukumati mamlakatdagi nasroniylarning o‘limiga yo‘l qo‘yishda davom etsa, Qo‘shma Shtatlar barcha yordam va qo‘llab-quvvatlashni darhol to‘xtatadi va ushbu dahshatli vahshiyliklarni sodir etayotgan terrorchilarni yo‘q qilish uchun chora ko‘rishi mumkin", — dedi Kerolayn Livitt.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Nigeriya hukumatini nasroniy aholini himoya qila olmaslikda ayblab, ekstremistlarga qarshi harbiy choralar ko‘rish bilan tahdid qilgandi.