Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

AQSh NATO mudofaasi tamoyilidan norozimi?

AQSh NATO mudofaasi tamoyilidan norozimi?

AQSh Yevropa yetakchiligidagi NATO mudofaasi tamoyilini yakunlash muddatini 2027 yilgacha etib belgilamoqda, deb xabar bermoqda Reuters.

"Pentagon vakillari Vashingtondagi uchrashuvda yevropalik diplomatlarga alyansning asosiy mudofaa vazifalari, xususan, razvedka harakatlari bilan ishlash va raketa tizimlari boshqaruvi Yevropa davlatlariga topshirilishini kutayotganini aytishgan. Uch yillik muddat ayrim yevropalik rasmiylar tomonidan noreal deb baholangan", deya xabar bermoqda agentlik manbalariga tayanib.

Qo‘shma Shtatlar Yevropa mamlakatlarining 2022 yildan keyin mudofaani mustahkamlash bo‘yicha yutuqlaridan norozi bo‘lib, NATO doirasida majburiyat va vazifalarni qayta taqsimlashni rejalashtirmoqda, deyiladi maqolada.

Kiritildi: Bugun 22:14. O'qildi: 123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!