AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan Trampni portreti tushirilgan oltin tanga chiqaradi — NBC News.
Xabar berilishicha, AQSh San’at komissiyasi Oq uyning amaldagi rahbari tasvirlangan oltin tanga dizaynini ma’qullagan.
Tanganing old tomonida prezident Donald Tramp Oq uyning Oval kabinetida, qo‘llari siqilgan holda tasvirlangan. Shuningdek, unda “Liberty” va “In God We Trust” yozuvlari mavjud.
Tanganing orqa tomonida AQShning ramzi husoblanuvchi oq boshli burgut taavirlanadi. Bundan tashqari, unda “E pluribus unum” yozuvi aks etadi.
AQSh Federal qonunchiligi tirik prezidentning tasvirini mamlakat milliy valyutasida ko‘rsatishga ruxsat bermaydi. Biroq ushbu esdalik tanga AQSh moliya vaziri Skott Bescentning maxsus qarori bilan chiqarilmoqda.