Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

AQSh moliya vaziri Yevropani ogohlantirdi

AQSh moliya vaziri Yevropani ogohlantirdi

AQSh moliya vaziri Janet Yellen Yevropani energiya narxlari tufayli “qattiq qish” kutayotgani haqida ogohlantirdi. AQSh iqtisodiyotiga ta’siri unchalik katta bo‘lmaydi, dedi u.

Bu haqda u Vashingtonda Atlantic jurnali tomonidan tashkil etilgan anjumanda aytdi.

“Evropada energiya narxi keskin oshdi. Qish ular uchun juda og‘ir bo‘ladi. Albatta, biz oqibatlarini ko‘ryapmiz, lekin ular kabi azob chekmaymiz”, — deya Yellenning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Evropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen ham avvalroq Yevropani og‘ir qish kutayotganini aytgandi.

Kiritildi: 16:40 23.09.2022. O'qildi: 4769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!