AQSh Kongressi Vakillar palatasi mamlakatning kelasi yil uchun mudofaa byudjeti loyihasiga taklif qilingan ikki tuzatishni qabul qilmadi, bu esa Ukrainaga yordamni qisqartirishni nazarda tutardi.
Bu haqda C-SPAN telekanali ko‘rsatuviga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Kongressmen Mett Gets Ukraina Qurolli Kuchlariga harbiy yordam uchun byudjet mablag‘larini ajratishga to‘liq chek qo‘yishga intildi; 93 parlamentariy uning tuzatishini yoqlab, 339 nafari qarshi ovoz berdi.
Shuningdek, kongressmen Endi Biggs mudofaa byudjeti loyihasidan Xavfsizlik tashabbusi doirasida Ukrainaga 300 million dollar yordam ajratish bandini chiqarib tashlashni taklif qildi; 104 deputat uni qo‘llab-quvvatladi, 330 nafari qarshi ovoz berdi.