6 yanvar kuni o‘tkazilgan maxsus majlisda AQSh Senati va Vakillar palatasi a’zolari Respublikachilar oartiyasidan nomzod Donald Trampning prezidentlik saylovidagi g‘alabasini tasdiqladilar.
Trampning g‘alabasini prezidentlik saylovlaridagi raqibi, amaldagi vise-prezident Kamala Harris e’lon qildi. U Kongressning har ikki palatasi qo‘shma yig‘ilishida raislik qildi. Saylovda Tramp 312 ta saylovchi ovozini oldi, Harris esa 226 ta ovoz to‘pladi.