Bugun 28 avgust, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozida minalarni tozalash operasiyasini yakunladi

AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozida minalarni tozalash operasiyasini yakunladi

AQSh harbiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi xalqaro sudoxodlik yo‘llarini minalardan tozalash operasiyasini yakunladi. Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi — SENTKOM rahbari Bred Kuper ma’lum qildi.

Qo‘mondonlik uning chiqishi aks etgan videoni X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.

Kuperning so‘zlariga ko‘ra, minalar bir necha oy avval Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tomonidan o‘rnatilgan. Operasiyada AQSh Harbiy-dengiz kuchlari g‘avvoslari, Navy SEALs maxsus bo‘linmasi jangchilari, shuningdek, quruqlik qo‘shinlari, Harbiy-dengiz kuchlari, Harbiy-havo kuchlari va Dengiz piyodalari korpusi aviasiyasi ishtirok etgan.

«Eng muhimi, bugun xalqaro sudoxodlik yo‘nalishlari ochiq va ijobiy sur’at tobora kuchaymoqda», — dedi Kuper.

SENTKOM ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi bir necha oy davomida AQSh kuchlari Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali qariyb 1,5 mingta tijorat kemasining xavfsiz o‘tishini ta’minlagan. Ushbu kemalar jami taxminan 750 million barrel neft tashigan.

Kiritildi: Bugun 09:51. O'qildi: 259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!