Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQSh harbiylari Suriyadan chiqib ketishni boshladi

AQSh harbiylari Suriyadan chiqib ketishni boshladi

AQSh armiyasi matbuot kotibi Suriyadagi AQSh yetakchiligidagi koalisiya mamlakatdan harbiylarni olib chiqib ketishni boshlaganini bildirdi.
11 yanvar kuni polkovnik Shon Rayan harbiylarni olib chiqib ketish amaliyoti boshlanganini aytdi, ammo boshqa tafsilotlarni bermadi.
- Operativ xavfsizlik nuqtai nazaridan, aniq vaqt-soat, joy yoki harbiylar harakatlarini muhokama qilmaymiz, - dedi Rayan.

Qarorgohi Londonda joylashgan Suriya inson huquqlari guruhi Suriya shimolidagi Hasaka viloyatida AQSh yetakchiligidagi koalisiya keyingi kunlarda Rmelan havo bazasidagi faoliyatini ozaytirganini xabar qildi. Guruhning ma’lum qilishicha, AQSh harbiylari bazani 10 yanvar kuni tark eta boshlagan.

18 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadagi taqriban 2 ming amerikalik harbiy olib chiqib ketilishini e’lon qilgan edi. Trampning bu qarori AQSh hamkorlarini hayratga soldi. Tramp ma’muriyati a’zolari ham uning Suriyani tark etish qarorini tanqid qilib keladi.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 05:14 12.01.2019. O'qildi: 1449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!