Amerika amaldorlari Grenlandiyadagi eng yirik nodir yer metallari konini ishlab chiquvchini Xitoy bilan bog‘liq firmalarga o‘z loyihasini sotmaslikka ko‘ndirishdi.
Reuters xabariga ko‘ra, Tanbreez Mining xususiy kompaniyasi bosh direktori Greg Barnsning ta’kidlashicha, AQSh ma’muriyati vakillari 2024 yilda Grenlandiya janubidagi loyihaga ikki marta tashrif buyurishgan va yirik konni Pekin bilan bog‘liq xaridorga sotish nomaqbulligini anglatishgan.
Natijada, Tanbreez Nyu-Yorkning Critical Metals kompaniyasiga sotildi va bitim narxi Xitoy kompaniyalari taklif qilganidan ancha past bo‘ldi.