Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh gipertovushli raketani sinab ko‘rdi

A A A
AQSh gipertovushli raketani sinab ko‘rdi

AQSh harbiy-havo kuchlari hujumkor samolyotdan uchiriladigan “AGM-183A ARRW” gipertovushli raketasi namunasini sinovdan o‘tkazdi, deya xabar tarqatdi “Defense News” portali harbiylar bayonotiga tayanib.

Parvoz Kaliforniya shtati janubida “B-52H Stratofortress” strategik to‘p otar samolyotda amalga oshirilgan. Mazkur qurilma Pentagon buyurtmasini bajaruvchi “Lockheed Martin” korporasiyada ishlab chiqarilgan.

Bunday sinov mart oyida omadsiz kechgan harakatdan keyin ilk bor kuzatilmoqda.

AQSh o‘tgan yil oxirida “AGM-183A” raketasi tajriba namunasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgan edi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ushbu raketa tovushdan besh barobar tez uchib, mo‘ljaldagi hududda portlagan.

Kiritildi: 14:14 22.08.2023. O'qildi: 1233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik