Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQSh G‘azo sektoriga yana bir guruh insonparvarlik yordamini yetkazdi

AQSh G‘azo sektoriga yana bir guruh insonparvarlik yordamini yetkazdi

Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektorining blokadadagi shimoliy hududlariga 25 mingdan ortiq ovqatga teng insonparvarlik yordami solingan konteynerlarni havo orqali yetkazishni tashkil qildi.

Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkauntida ma’lum qildi.

Operasiyadan maqsad G‘azo aholisining asosiy ehtiyojlarini qondirishdir.

CENTCOM ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga qadar Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektoriga havo orqali 1082 tonna gumanitar yordam yetkazib berdi.

Xabarda aytilishicha, Qo‘shma Shtatlar insonparvarlik yordamini havo orqali yetkazishda davom etadi.

Kiritildi: 22:06 26.04.2024. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!