Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

AQSh fuqarolariga 1200 dollardan pul beriladi

AQSh fuqarolariga 1200 dollardan pul beriladi

Koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta’siri oqibatlarini yumshatish uchun Amerika o‘z fuqarolariga 1200 dollardan moddiy yordam bermoqchi.

AQSh senati kichik biznes va fuqarolarga yordam sifatida 2 trln. dollar ajratish haqidagi qonun loyihasini ma’qullagan.. Bu loyiha bugun ko‘rib chiqilib, imzolanishi kutilyapti.

Qonun loyihasiga ko‘ra, yillik 75 ming dollar daromadga ega bo‘lgan fuqarolarning har biriga 1200 dollardan pul beriladi, har bir bolaga esa 500 dollardan.

Koronavirus sababli ishidan ayrilganlarga ham 13 hafta davomida moddiy yordam ajratiladi. Bu holat 4 oy davomida 600 dollargacha oshirilishi kutilyapti.

Inqirozdan jabrlangan kompaniyalarga 500 mlrd. dollar miqdorida davlat kredit dasturini taqdim qiladi, kichik biznesga esa 367 mlrd. dollar ajratiladi.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashayotgan shifokorlar ehtiyoji uchun 100 mlrd. dollar ajratiladi.

Bugungi statistikaga ko‘ra, Amerika koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqib olgan. U Xitoy va Italiyani ham ortda qoldirgan.

Bunga sabab sifatida aholi ommaviy test qilingani aytilgan.

Kiritildi: 14:58 27.03.2020. O'qildi: 2079 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!