Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

AQSh Federal zaxira tizimi 2020 yildan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi

AQSh Federal zaxira tizimi 2020 yildan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi

AQSh Markaziy banki vazifasini bajaruvchi AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) asosiy stavkaning pasaytirilishini e’lon qildi.

Inflyasiyaning yuqori darajasi ortda qolganiga ishonch bildirgan holda, Federal zaxira tizimi asosiy foiz stavkasini 50 bazaviy punktga — 4,75%-5% gacha pasaytirdi.

Bu 2020 yil mart oyidan beri, Federal zaxira koronavirus pandemiyasi fonida iqtisodiyotning pasayishini to‘xtatishga harakat qilganidan beri stavkaning ilk pasayishidir.

«So‘nggi ko‘rsatkichlar iqtisodiy faollikning ishonchli sur’atlar bilan o‘sishda davom etayotganidan dalolat beradi. Ish o‘rinlari sonining o‘sishi sekinlashdi, ishsizlik darajasi yuqoriladi, ammo hamon past darajada qolmoqda. Inflyasiya 2 foizlik maqsadga erishishda yanada ilgarilab bormoqda, biroq hamon biroz yuqori darajada qolmoqda», — deyiladi Federal zaxira tizimi press-relizida.

The New York Times Federal zaxiraning stavkani pasaytirish qarorini «g‘ayrioddiy katta qadam» va «markaziy bankirlar inflyasiyaga qarshi kurashda g‘alaba qozonganini va e’tiborni mehnat bozorini himoya qilishga qaratganini aniq anglatuvchi signal» deb atadi.

«Yuqori foiz stavkalari iqtisodiyotni sekinlashtiradi, uy sotib olish yoki biznesni kengaytirish uchun qarz olishni qimmatlashtiradi, bu esa talabga ham, narxlarning o‘sishiga ham bosim o‘tkazadi. Lekin ular ishga olish jarayonini ham sekinlashtiradi. Buni hisobga olgan holda, FZT balansni topishga harakat qiladi. Rasmiylar narx-navoning o‘sishini ishsizlik keskin ko‘tarilib, iqtisodiyot inqirozga yuz tutadigan darajada sovitmasdan, uning normal holatga qaytishini ta’minlash uchun o‘sishni yetarli darajada sekinlashtirishga harakat qilmoqda», — deya ta’kidlaydi gazeta.

AQSh Federal zaxira tizimi stavkasining pasayishi jahon moliya bozorlariga, jumladan, O‘zbekiston kabi iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. AQShda foiz stavkasining pasayishi dollar kreditlari va investisiyalarni yanada arzonlashtiradi, bu rivojlanayotgan bozorlarga sarmoya jalb qilish, qarz olish narxining pasayishi va eksport tovarlariga talabning oshishiga yordam berishi mumkin.

Shu bilan birga, ekspertlarning ogohlantirishicha, boshqa mamlakatlar bozorlarida stavkalar bo‘yicha kutilmalar kuchaygani sababli domino effekti ham yuzaga kelishi mumkin.

Kiritildi: 23:45 19.09.2024. O'qildi: 1485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!