AQSh Kongressining Vakillar palatasi Eronga tegishli va avvalroq prezident Jo Bayden ma’muriyati tomonidan ozod qilingan 6 milliard dollarni muddatsiz muzlatish uchun ovoz berdi.
Oktyabr oyi o‘rtalarida Makkol va uning partiyadoshlari Eronga tegishli bo‘lgan va Qatar bankida bo‘lgan 6 milliard dollarni doimiy ravishda muzlatishga qaratilgan qonun loyihasini taqdim etishdi. Qonunchilar Tehronning Xamas va Livandagi Hizbulloh shia guruhini doimiy qo‘llab-quvvatlayotgani sababli bu mablag‘lar Tehronga berilmasligini ta’minlash zarurligini ta’kidladilar.
Avvalroq Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Eronning 6 milliard dollari hozir Qatardagi bankda ekanligini aytgan edi. Uning tushuntirishicha, bu hisobdagi mablag‘lar faqat insonparvarlik maqsadlarida ishlatilishi mumkin va ular nazorat qilinadi.