Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSH: "Eron Isroil hujumlariga javob bermasligi kerak"

AQSH: "Eron Isroil hujumlariga javob bermasligi kerak"

AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) Isroilni qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlab, Eron Isroil hujumlariga javob bermasligi kerakligini aytdi.

Pentagon matbuot kotibi general-mayor Pet Rayder brifingda AQSh hukumati Eronning Isroil hujumlariga javob qaytarish harakatlariga yo‘l qo‘yilmasligi borasida aniq pozisiyasini bildirishini ta’kidladi. "Agar ular javob berishga qaror qilsalar, biz, albatta, Isroil va uning mudofaasini qo‘llab-quvvatlaymiz", dedi u.

Rayder, shuningdek, yaqin oylarda AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini oshirish, jumladan, mintaqaga B-52 bombardimonchi samolyotlarini yuborish rejalarini ham e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, bu kuchlar Amerika qo‘shinlarini himoya qilish va Isroilni qo‘llab-quvvatlash uchun joylashtiriladi.

Uning tushuntirishicha, bu kuchlar mintaqadagi Amerika qo‘shinlarini himoya qilish va Isroilni qo‘llab-quvvatlash uchun joylashtiriladi.

Pentagon 2 noyabr kuni qo‘shimcha jangovar va tanker samolyotlari parkini, shuningdek, ballistik raketaga qarshi mudofaa tizimlariga ega kemalarni joylashtirishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, 13 oktyabr kungi bayonotda THAAD tizimlari va ularni boshqarish uchun 100 ga yaqin askar Eron tahdidiga qarshi turish uchun Isroilga yuborilishi qayd etilgan.

Kiritildi: 16:03 05.11.2024. O'qildi: 2975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!