Qo‘mondonlikka ko‘ra, 5 oktyabr kuni navbatdagi, 130-savdo kemasining yo‘nalishi o‘zgartirilgan. Yana uchta kema ekipaji AQSh harbiylari talablarini bajarishdan bosh tortganidan so‘ng ishdan chiqarilgan.
CENTCOM so‘nggi 12 hafta davomida blokada qoidalarini buzgan yoki Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga aloqador deb baholangan 13 ta savdo kemasi yo‘q qilinganini bildirgan. Ushbu ma’lumotlar hozircha mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.
AQSh CENTCOM qo‘mondoni Bred Kuper blokadani buzishga uringan kemalarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini aytdi. Ayni paytda Yaqin Sharqda AQSh harbiy-dengiz kuchlarining 20 dan ortiq kemasi mavjud.