Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyga rasmiy tashrifi doirasida Pekinga yetib keldi

 AQSh davlat kotibi Entoni Blinken  Xitoyga rasmiy tashrifi doirasida Pekinga yetib keldi

AFP'ning xabar berishicha, Blinken Xitoyga uch kunlik tashrifi doirasida XXR rahbariyati bilan muzokaralar olib boradi. Uning Si Jinpin bilan uchrashuvi haqida hozircha ma’lum qilinmagan.

Amerika tomonining xabarlariga ko‘ra, muzokaralarda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi, Tayvan atrofidagi keskinlik, shuningdek, Xitoy va AQSh o‘rtasidagi savdo aloqalari muhokama qilinadi. Bir kun avval Entoni Blinken Shanhayga tashrifi chog‘ida Vashington va Pekinni o‘zaro keskinliklarga qaramay, “kelishmovchiliklarga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga” chaqirgan edi.

Xitoyga tashrifi oldidan Entoni Blinken Pekinni Rossiya mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlayotganlikda aybladi. Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy muhim qurol komponentlarini yetkazib berish orqali Kremlga yordam berishga katta hissa qo‘shgan.

Bundan tashqari, AQSh Pekinning Rossiya harbiy ishlab chiqarishini qo‘llab-quvvatlashini cheklash maqsadida Xitoy ayrim banklarini jahon moliya tizimidan uzib qo‘yishi mumkin bo‘lgan sanksiyalarni ishlab chiqayotgani ma’lum bo‘lgan edi.

Kiritildi: 19:03 25.04.2024. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!