Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh Davlat departamenti: Rossiya Ukraina hududida o‘t ochishni to‘xtatmaguncha Moskva bilan hech qanday bitim bo‘lmaydi

AQSh Davlat departamenti: Rossiya Ukraina hududida o‘t ochishni to‘xtatmaguncha Moskva bilan hech qanday bitim bo‘lmaydi

AQSh Davlat departamenti: Rossiya Ukraina hududida o‘t ochishni to‘xtatmaguncha Moskva bilan hech qanday bitim bo‘lmaydi.

"O‘t ochishni to‘xtatish haqida kelishuvga erishilmaguncha Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatmaydi va ular bilan hech qanday muzokaralar, hech qanday qarorlar, hech qanday kelishuvlar bo‘lmaydi", — deya bayonot berdi AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Temmi Bryus.

Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari shuningdek, Rossiyaning Sumi shahriga uyushtirgan raketa hujumi natijasida 35 kishi halok bo‘lgani fonida, "Kim aslida tinchlik va o‘t ochishni to‘xtatishni istaydi?", degan savollar yanada ortib borayotganini ta’kidladi.

Avvalroq The Wall Street Journal AQSh davlat kotibi Marko Rubio va prezidentning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog Donald Trampga Vladimir Putinning “diplomatik niyatlari”ga ehtiyotkorlik bilan qarashni maslahat berishgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 16:40 16.04.2025. O'qildi: 864 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!