Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQSh Davlat departamenti fuqarolarini Iroqni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQSh Davlat departamenti fuqarolarini Iroqni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQSh Davlat departamenti Iroq hududidagi amerikaliklarga «mintaqadagi vaziyat keskinlashgani munosabati bilan» ushbu mamlakatni tark etishni tavsiya qildi.

Amerikaliklardan Iroqni «agar iloji bo‘lsa samolyotda» yoki «quruqlik orqali» tark etish so‘ralgan.

Davlat departamentining tvitterdagi sahifasida e’lon qilingan bayonotda 31 dekabr kuni Bag‘doddagi elchixona «Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi qurolli guruh» hujumiga uchragani eslatib o‘tilgan.

Davlat departamentining amerikaliklarni Iroqni tark etishga chorlovi Bag‘dodda Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining maxsus bo‘linmasi bo‘lmish «Al-Kuds» bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishidan bir necha soat o‘tib e’lon qilinmoqda. «Al-Kuds» Eronning Yaqin Sharqdagi kampaniyasiga boshchilik qiladi va xorijda maxsus amaliyotlar o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.

Pentagon Sulaymoniy AQSh prezidenti Donald Trampning farmoyishi bilan o‘ldirilganini ma’lum qilgan. Eron hukumati generalning o‘ldirilishini terrorizm akti deb atagan va buning uchun «qo‘rqinchli qasos» olinishini bildirgan.

Kiritildi: 17:26 03.01.2020. O'qildi: 2170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!