Donald Tramp qasamyod qilgandan so‘ng darhol muhojirlar Qo‘shma Shtatlarga qonuniy yo‘l bilan kirish va ishlashga ruxsat olish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan CBP One chegara o‘tish ilovasini yopishni buyurdi. Bir million kishi ushbu ilovadan foydalangan.
20-yanvar kuni Bojxona va chegarani qo‘riqlash veb-sayti ilova foydalanuvchilarini u endi mavjud emasligi va sakkizta chegara o‘tish punktidagi barcha uchrashuvlar bekor qilingani haqida xabar berdi.
Shunday qilib, Tramp va’dasini bajardi:
“Men janubiy chegaramizda favqulodda holat e’lon qilaman. Chegarani barcha noqonuniy kesib o‘tishlar zudlik bilan to‘xtatiladi va biz millionlab va millionlab jinoyatchi musofirlarni o‘z mamlakatlariga qaytarishni boshlaymiz”.
Ilovaning yopilishi muhojirlarni hayratda qoldirdi. Tramp Qo‘shma Shtatlarga migrasiyani cheklash uchun yanada ko‘proq choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda. Ular orasida “mamlakatimizga halokatli bosqinni qaytarish” uchun “janub chegarasiga askarlar” jo‘natish ham bor.