AQSh boshliq xalqaro koalisiya kuchlari tomonidan Suriyaning Dayr-az-Zor mintaqasiga berilgan aviazarbalar oqibatida 62 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi. Bu haqda SANA Suriya davlat axborot agentligi xabar bermoqda.
Suriya davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, koalisiya kuchlari mintaqa sharqidagi as-Susa va al-Bubadran shaharchalaridagi tinch aholi uylariga zarba bergan; aviazarbalar aynan qachon berilganiga aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq, 18 oktyabr kuni as-Susadagi uylarga zarbalar berilgani haqida xabarlar berilgan edi. Biroq unda qurbonlar soni aytilmagandi.
Manba: daryo.uz