AQShda COVID-19ni yuqtirib olganlar soni o‘tgan bir kecha-kunduzda qariyb 50 mingtaga ko‘paydi, 687 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi.
Hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan 24 soat ichida AQShda 49 994 kishi koronavirusni yuqtirib oldi.
Bir kun avval bu ko‘rsatkich 54 441 kishini tashkil etgani va 906 nafar bemor vafot etgani xabar berilgandi.
Oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, butun epidemiya davomida AQShda 7,3 million kishi koronavirusga chalindi. Ulardan 209 ming nafari olamdan o‘tdi. 2,8 million kishi davolangani aytilmoqda.