Bugun 3 iyul, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQSh arab mamlakatlari va Isroil tashqi ishlar vazirlarini NATOning 75-sammitiga taklif qildi — Financial Times

AQSh arab mamlakatlari va Isroil tashqi ishlar vazirlarini NATOning 75-sammitiga taklif qildi — Financial Times

Alyans tashkil etilganining 75 yilligiga bag‘ishlangan ushbu sammit 9–11 iyul kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tadi.

"NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg sammitga alyansga kiruvchi 32 mamlakatning davlat va hukumat rahbarlarini, shuningdek, Hind-Tinch okeani mintaqasidagi hamkor mamlakatlar (Avstraliya, Yaponiya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya) yetakchilarini taklif qilgan. Yaqin Sharqdan taklif etilgan mamlakatlar orasida Isroil bilan birga Misr, Iordaniya, Qatar, Tunis, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayn bor. Arab davlatlari va Isroil G‘azodagi vaziyat bo‘yicha ziddiyatli qarashlarga egaligi sababli, Qo‘shma Shtatlar NATO sammitidan tomonlarni murosaga chaqirish vositasi sifatida foydalanishi mumkin", deyiladi gazeta xabarida.

Kiritildi: 21:22 28.06.2024. O'qildi: 808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!