AQSh Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga taxminan 1 milliard dollarga raketalar, artilleriya snaryadlari va tank o‘q-dorilarini sotishga ruxsat berdi.
Bu haqda hukumatlararo shartnomalar bo‘yicha xorijga harbiy texnika va qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun mas’ul bo‘lgan Amerika Mudofaa vazirligining Xavfsizlik sohasida hamkorlik bo‘yicha agentligi ma’lum qilgan.
AQSh Tashqi ishlar vazirligi Ar-Riyodga AGM-114R3 Hellfire II raketalarini 655 million dollarga, AIM-9X Block II Sidewinder raketalarini 251,8 million dollarga, shuningdek, artilleriya snaryadlari va tanklar va pulemyotlar uchun o‘q-dorilarni 139 million dollarga “sotishni ma’qulladi”. Qirollik avvalroq AQShdan 2503 dona AGM-114R3 Hellfire II raketalari va 220 dona AIM-9X Block II Sidewinder raketalarini sotib olishga ruxsat so‘ragan edi.
Vashington ma’muriyati allaqachon Kongressni bu qaror haqida xabardor qilgan. Qonun chiqaruvchi organda potensial bitimni ko‘rib chiqish va uni bloklash uchun 30 kun bor.
Pentagon bu savdo AQShning jangovar tayyorgarligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligiga ishontirdi.