Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

AQSh Afg‘onistondagi harbiy askarlar sonini bir-ikki oy ichida 4,5 minggacha qisqartiradi

AQSh Afg‘onistondagi harbiy askarlar sonini bir-ikki oy ichida 4,5 minggacha qisqartiradi

AQSh bir-ikki oydan so‘ng Afg‘onistondagi harbiy kontingenti sonini 4,5 ming nafargacha qisqartiradi.

Bu haqda AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod xabar qildi, deb yozdi "RIA Novosti"ga tayanib "sputniknews-uz.com".

"Biz hozir ikkinchi bosqichidamiz (qisqartirishning). Birinchi bosqich 8,6 ming (harbiy xizmatchi) qisqartirilishini nazarda tutadi. Ikkinchisi, taxminan 4,5 mingni, bu ish oktyabr yoki noyabr o‘rtalarida yuz berishi mumkin. Biz shu yo‘ldamiz", - dedi Xalilzod.

AQSh prezidenti Donald Tramp ilgariroq Amerika harbiylari sonini 4 mingtagacha qisqartirish rejasini tasdiqlagan edi.

Fevral oyi oxirida Qatarda bo‘lib o‘tgan marosimda AQSh va Afg‘oniston "Tolibon" radikal harakati 18 yildan ortiq davom etgan urushda birinchi tinchlik bitimini imzolashdi, bu hujjat chet el qo‘shinlarining Afg‘onistondan 14 oy ichida olib chiqilishini va asirlar almashinuvi bitimi tuzilgandan keyin afg‘onlararo muloqot boshlanishini ko‘zda tutadi.

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, AQSh 2021 yilning may oyiga kelib Afg‘onistondan qo‘shinlarni to‘liq chiqarishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 05:30 12.09.2020. O'qildi: 1922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!