Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Afg‘onistonda yashirin operasiyalar o‘tkazmoqda

A A A
AQSh Afg‘onistonda yashirin operasiyalar o‘tkazmoqda

AQSh armiyasi va Markaziy razvedka boshqarmasi amerikaliklarni Afg‘onistondan Kobul va aeroport tashqarisiga evakuasiya qilish bo‘yicha yashirin operasiyalarni o‘tkazmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Bundan tashqari, nashrning yozishicha, AQSh harbiylari ittifoqchilar bilan birgalikda

NATO rasmiylari, xususan Buyuk Britaniya va Fransiya, o‘z mamlakatlari fuqarolarini evakuasiya qilish uchun quruqlikdagi operasiyalarni o‘tkazadilar. Gap grin karta egalari va maxsus vizasi bo‘lgan afg‘onlar haqida ketmoqda. Shu bilan birga, ma’lumotlarga ko‘ra, bu missiyalarda ustuvorlik AQSh fuqarolariga beriladi.

Nashr manbasiga ko‘ra, Amerikaning Blackwater xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Erik Prins hammani charter samolyotda Kobuldan evakuasiya qilishga taklif qiladi. Bunday reysga chiptaning narxi 6,5 ming dollarni tashkil qiladi.

Avvalroq, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Afg‘onistonda hozircha 1,5 mingga yaqin Amerika fuqarolari qolishi mumkinligini aytgandi. O‘sha kundan beri Qo‘shma Shtatlar kamida 4500 amerikalikni evakuasiya qildi.

Kiritildi: 15:43 26.08.2021. O'qildi: 5019 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik