Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Afg‘oniston ustidan parvozlarga yangi cheklovlar kiritadi

A A A
AQSh Afg‘oniston ustidan parvozlarga yangi cheklovlar kiritadi

Ta’kidlanishicha, Afg‘onistonning deyarli barcha hududini o‘z ichiga olgan Qobulda 26 000 futdan kam (taxminan 8 km) balandlikda parvozlar taqiqlanadi, poytaxtning Hamid Karzay xalqaro aeroportiga parvozlar esa bundan mustasno.

“Afg‘oniston hududi va havo hududidagi AQSh parvoz operatorlariga mamlakatda isyon va harbiy harakatlar davom etayotgani eslatiladi. Past balandliklarda parvoz qilayotgan fuqarolik samolyotlari zarar ko‘rgan”, deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, ogohlantirish “ekstremistik yoki harbiy faoliyat” tufayli yuzaga keladigan xatarlar bilan bog‘liq holda kiritilgan. Cheklovlar AQShning harbiy operasiyalariga taalluqli emasligi ta’kidlangan.

Ma’lumot o‘rnida, 28 iyun kuni FAA AQSh fuqarolariga “COVID-19, jinoyatchilik, terrorizm, fuqarolar tartibsizligi, odam o‘g‘irlash va qurolli to‘qnashuvlar” sababli Afg‘onistonga bormaslikni tavsiya qilgandi.

Kiritildi: 20:52 27.07.2021. O'qildi: 2162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik