Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Apple yangi iPhone’larga Xitoy sun’iy intellektini joriy qiladi

Apple yangi iPhone’larga Xitoy sun’iy intellektini joriy qiladi

Apple iPhone va uning Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan boshqa qurilmalarida Baidu generativ sun’iy intellektini (SI) qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Apple o‘z gadjetlarida Baidu’ning generativ sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanish bo‘yicha birinchi muzokaralarni o‘tkazgan.

Baidu Xitoyda sun’iy intellekt sohasidagi yetakchilardan biri. Unga startaplar va texnologik gigantlar o‘zlarining ChatGPT analoglarini ishlab chiqish uchun milliardlab sarmoya kiritadi.

Baidu Apple bilan muzokaralar olib borayotgan birinchi SI kompaniyasi emas. Avvalroq OAV kupertinolik IT giganti ham OpenAI va Google bilan kelajakdagi iPhone va iOS uchun SI xizmatlarini ijaraga olish imkoniyati bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergan edi.

Bundan tashqari, Apple Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan smartfonlarida Baidu sun’iy intellektini qo‘llagan birinchi xorijiy kompaniya emas. Janubiy Koreyaning IT giganti Samsung Galaxy S24 seriyali smartfonlarida Google’dan Gemini’ni Baidu’ga almashtirgan.

Kiritildi: 12:09 25.03.2024. O'qildi: 1200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!