Bugun 8 iyul, 2024 yil, dushanba

КИР

Apple kamerali quloqchinlarni ishlab chiqarmoqchi

Apple kamerali quloqchinlarni ishlab chiqarmoqchi

Apple kompaniyasi 2026 yilga borib yangi kamera modullariga ega AirPods’larni ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Yangi quloqchinlar iPhone va iPad’dagi Face ID modulining bir qismi sifatida infraqizil kameraga ega bo‘lishi mumkin. Apple kompaniyasining maqsadi kamera bilan jihozlangan AirPods’larni Vision Pro va kelajakdagi Apple Vision minigarnituralari bilan integrasiya qilishdir.

Masalan, foydalanuvchi Vision Pro yordamida video tomosha qilayotganda yangi AirPods taqadi. Agar foydalanuvchilar boshlarini ma’lum bir tomonga o‘girsalar, audio atrof-muhitga moslashishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, AirPods’ning infraqizil kamerasi atrof-muhitdagi o‘zgarishlarni aniqlash, inson va qurilma o‘rtasidagi aloqani yaxshilash uchun havoda imo-ishoralarni qayd etish imkonini beradi.

Kiritildi: 23:57 03.07.2024. O'qildi: 1448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!